About Me

Muhamadxon Mahmudov

Qo’qon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi

Men, 1997-yil Namangan viloyati, Norin tumanida tug‘ilganman. Dasturlash sohasiga ilk qadamlarimni 14 yoshimda boshlaganman.

Maktab davridan boshlab ta’limning barcha bosqichlarini imtiyozli diplomlar bilan tamomladim. O‘quvchilik yillarimdan buyon informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha respublika hamda xalqaro fan olimpiadalarida faol ishtirok etib kelganman.

Mehnat faoliyatim davomida muhandis-dasturchi hamda informatika fani o‘qituvchisi sifatida tajriba orttirdim. 2025-yildan buyon Qo‘qon universitetining Andijon filialida, “Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar” kafedrasida assistent-o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritmoqdaman.

Hozirgi kunda 05.01.11 – Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar ixtisosligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boryapman. Xususan, ALTAIIM loyihasi doirasida professor Muxtorxon Umarxoja‘yev rahbarligida o‘zbek tili uchun tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) algoritmlari va raqamli lingvistik resurslar yaratish ustida ishlamoqdaman.

Asosiy ish faoliyatim ta’lim berish bilan birgalikda, kundalik ish faoliyatini axborot texnologiyalar va sun'iy intellekt yordamida avtomatlashtirish, osonlashtirish bilan shug‘ullanaman.

10+
Years of experience
15+
Articles
5+
Projects
1+
Courses

Skills

Ta’lim
Informatika va axborot texnologiyalari 95%
Dasturlash texnologiyalari 90%
Ma’lumotlar ilmi va sun’iy intellekt 65%
Xorijiy tillar
Rus tili 90%
Ingliz tili 50%
Dasturlash
C/C++/C# 90%
Python 85%
Dart 60%
Framework
WPF 80%
Flutter 60%
Qt 65%
AI
Claude 80%
Gemini 70%
ChatGPT 60%
Loyihalash
Web sayt 65%
Mobil ilova 60%
AI model 75%

Education

Ixtisoslik – Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar

Qo‘qon universiteti

2026 – hozir

05.01.11 – Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar ixtisosligi bo‘yicha Qo‘qon universitetida PhD uchun ilmiy tadqiqotlar olib boryapman.

Mutaxassislik – Tadqiqotchi-oʻqituvchi.

Andijon davlat universiteti

2020 – 2022

Andijon davlat universitetining “Ta’limda axborot texnologiyalari” mutaxassisligi boʻyicha magistratura bosqichini yuqori akademik koʻrsatkichlar bilan tamomlaganman.

Mutaxassislik – O’qituvchi, muhandis-dasturchi

Andijon davlat universiteti

2016 – 2020

Andijon davlat universitetining “Kasb ta’limi: Informatika va axborot texnologiyalari” yoʻnalishini imtiyozli diplom bilan tamomlaganman.

Mutaxassislik – AKT texnik, dasturchi

Namangan transport va Axborot texnologiyalari KHK

2013 – 2016

Namangan transport va axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining “Dasturiy injiniring” yoʻnalishini imtiyozli diplom bilan tamomlaganman.

Work Experience

Loyiha – SkillBlocks

Qo‘qon universiteti Andijon filiali

2026 – hozir

SkillBlocks.uz nomlik masofaviy qisqa muddatlik Sun'iy intellekt va axborot texnologiyalarini o‘rgatishga qaratilgan masofaviy ta’lim platformasi ustida ishlamoqdaman.

Amaliyot

Lanzhou university, China

2026

20.07.2026 - 10.08.2026 davrda Lanzhou universitetida Summer School dasturida ishtirok etib, u yerda geologiya sohasida qo‘llanilgan texnologiyalar bilan tanishib, Xitoydagi servis xizmat kuchi va axborot texnologiyalardan samarali foydalanganini ko‘rib keldim.

Loyiha – Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar dasturchisi

Andijon lugʻatshunoslik va tarjimashunoslik ilmiy-amaliy markazi

2025 – hozir

ALTAIIM ilmiy-tadqiqot markazlari doirasida professor Muxtorxon Umarxoja’yev rahbarligida yirik loyiha ustida ish olib bormoqdamiz. Jamoamiz bilan birgalikda 500 000 soʻzdan iborat “Oʻzbek xalqining til xazinasi” intellektual tezaurus lugʻati va uning raqamli platformasini ishlab chiqmoqdamiz.

Lavozm - Oʻqituvchi-assistent

Qo'qon universiteti (Andijon filiali)

2025 – hozir

Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqdaman. Talabalarga “Dasturlash”, “Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar”, “Grafik foydalanuvchi interfeysli dasturlash” hamda “Dasturiy ilovalar interfeysini loyihalash va dasturlash” fanlaridan dars beraman.

Lavozm – Oʻqituvchi-assistent

Andijon davlat universiteti

2022 – 2025

Axborot texnologiyalari kafedrasida “Dasturlash”, “Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” hamda “Sun’iy intellekt” fanlaridan dars berdim.

Loyiha – Sun’iy intellekt va desktop dasturchisi

Andijon lugʻatshunoslik va tarjimashunoslik ilmiy-amaliy markazi

2020 – 2023

Grant loyihasi doirasida muhandis-dasturchi sifatida jamoaviy faoliyat yuritdim. Professor Muxtorxon Umarxoja’yev rahbarligida ingliz-oʻzbek AI-tarjimoni hamda 11 tillik, audio va interaktiv modullarga ega multimedia lugʻatining mobil va desktop platformalarini ishlab chiqdik.

Lavozm – Muhandis-dasturchi

Andijon davlat universiteti

2020 – 2022

Axborot texnologiyalari markazida muhandis-dasturchi lavozimida faoliyat yuritib, universitetning raqamli infratuzilmasini rivojlantirish va dasturiy yechimlarni joriy etishga hissa qoʻshganman.

Awards

AI-Hackathon-Andijan

2026, Sud trek yo‘nalishida 1-o‘rin jamoa bilan egallaganmiz.

Astrum IT Educator

2024, Astrum Certified IT Educator malakaviy kursi muvoffaqiyatli tugatganman.

Hokim stipendiyasi

2020, Andijon viloyatida oʻtkazilgan “Hokim stipendiyasi” sovrindori boʻlganman.

Rektor stipendiyasi

2020, Andijon davlat universitetida oʻtkazilgan “Rektor stipendiyasi” bilan mukofotlanganman.

Dasturlash olimpiadasi

2018, Andijon ADC oʻquv markazi olimpiadasida birinchi oʻrinni olganman.

OTM “Informatika” olimpiadasi

2016, Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida toʻrtinchi oʻrinni egallaganman.

Maktab “Informatika” fan olimpiadasi

2013, Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida ikkinchi oʻrinni egallaganman.