Обо мне
Muhamadxon Mahmudov
Qo’qon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasiMen, 1997-yil Namangan viloyati, Norin tumanida tug‘ilganman. Dasturlash sohasiga ilk qadamlarimni 14 yoshimda boshlaganman.
Maktab davridan boshlab ta’limning barcha bosqichlarini imtiyozli diplomlar bilan tamomladim. O‘quvchilik yillarimdan buyon informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha respublika hamda xalqaro fan olimpiadalarida faol ishtirok etib kelganman.
Mehnat faoliyatim davomida muhandis-dasturchi hamda informatika fani o‘qituvchisi sifatida tajriba orttirdim. 2025-yildan buyon Qo‘qon universitetining Andijon filialida, “Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar” kafedrasida assistent-o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritmoqdaman.
Hozirgi kunda 05.01.11 – Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar ixtisosligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boryapman. Xususan, ALTAIIM loyihasi doirasida professor Muxtorxon Umarxoja‘yev rahbarligida o‘zbek tili uchun tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) algoritmlari va raqamli lingvistik resurslar yaratish ustida ishlamoqdaman.
Asosiy ish faoliyatim ta’lim berish bilan birgalikda, kundalik ish faoliyatini axborot texnologiyalar va sun'iy intellekt yordamida avtomatlashtirish, osonlashtirish bilan shug‘ullanaman.
Навыки
Ta’lim
Xorijiy tillar
Dasturlash
Framework
AI
Loyihalash
Образование
Ixtisoslik – Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar
Qo‘qon universiteti
2026 – hozir05.01.11 – Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar ixtisosligi bo‘yicha Qo‘qon universitetida PhD uchun ilmiy tadqiqotlar olib boryapman.
Mutaxassislik – Tadqiqotchi-oʻqituvchi.
Andijon davlat universiteti
2020 – 2022Andijon davlat universitetining “Ta’limda axborot texnologiyalari” mutaxassisligi boʻyicha magistratura bosqichini yuqori akademik koʻrsatkichlar bilan tamomlaganman.
Mutaxassislik – O’qituvchi, muhandis-dasturchi
Andijon davlat universiteti
2016 – 2020Andijon davlat universitetining “Kasb ta’limi: Informatika va axborot texnologiyalari” yoʻnalishini imtiyozli diplom bilan tamomlaganman.
Mutaxassislik – AKT texnik, dasturchi
Namangan transport va Axborot texnologiyalari KHK
2013 – 2016Namangan transport va axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining “Dasturiy injiniring” yoʻnalishini imtiyozli diplom bilan tamomlaganman.
Трудовая деятельность
Loyiha – SkillBlocks
Qo‘qon universiteti Andijon filiali
2026 – hozirSkillBlocks.uz nomlik masofaviy qisqa muddatlik Sun'iy intellekt va axborot texnologiyalarini o‘rgatishga qaratilgan masofaviy ta’lim platformasi ustida ishlamoqdaman.
Amaliyot
Lanzhou university, China
202620.07.2026 - 10.08.2026 davrda Lanzhou universitetida Summer School dasturida ishtirok etib, u yerda geologiya sohasida qo‘llanilgan texnologiyalar bilan tanishib, Xitoydagi servis xizmat kuchi va axborot texnologiyalardan samarali foydalanganini ko‘rib keldim.
Loyiha – Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar dasturchisi
Andijon lugʻatshunoslik va tarjimashunoslik ilmiy-amaliy markazi
2025 – hozirALTAIIM ilmiy-tadqiqot markazlari doirasida professor Muxtorxon Umarxoja’yev rahbarligida yirik loyiha ustida ish olib bormoqdamiz. Jamoamiz bilan birgalikda 500 000 soʻzdan iborat “Oʻzbek xalqining til xazinasi” intellektual tezaurus lugʻati va uning raqamli platformasini ishlab chiqmoqdamiz.
Lavozm - Oʻqituvchi-assistent
Qo'qon universiteti (Andijon filiali)
2025 – hozirKompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqdaman. Talabalarga “Dasturlash”, “Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar”, “Grafik foydalanuvchi interfeysli dasturlash” hamda “Dasturiy ilovalar interfeysini loyihalash va dasturlash” fanlaridan dars beraman.
Lavozm – Oʻqituvchi-assistent
Andijon davlat universiteti
2022 – 2025Axborot texnologiyalari kafedrasida “Dasturlash”, “Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” hamda “Sun’iy intellekt” fanlaridan dars berdim.
Loyiha – Sun’iy intellekt va desktop dasturchisi
Andijon lugʻatshunoslik va tarjimashunoslik ilmiy-amaliy markazi
2020 – 2023Grant loyihasi doirasida muhandis-dasturchi sifatida jamoaviy faoliyat yuritdim. Professor Muxtorxon Umarxoja’yev rahbarligida ingliz-oʻzbek AI-tarjimoni hamda 11 tillik, audio va interaktiv modullarga ega multimedia lugʻatining mobil va desktop platformalarini ishlab chiqdik.
Lavozm – Muhandis-dasturchi
Andijon davlat universiteti
2020 – 2022Axborot texnologiyalari markazida muhandis-dasturchi lavozimida faoliyat yuritib, universitetning raqamli infratuzilmasini rivojlantirish va dasturiy yechimlarni joriy etishga hissa qoʻshganman.
Награды
AI-Hackathon-Andijan
2026, Sud trek yo‘nalishida 1-o‘rin jamoa bilan egallaganmiz.
Astrum IT Educator
2024, Astrum Certified IT Educator malakaviy kursi muvoffaqiyatli tugatganman.
Hokim stipendiyasi
2020, Andijon viloyatida oʻtkazilgan “Hokim stipendiyasi” sovrindori boʻlganman.
Rektor stipendiyasi
2020, Andijon davlat universitetida oʻtkazilgan “Rektor stipendiyasi” bilan mukofotlanganman.
Dasturlash olimpiadasi
2018, Andijon ADC oʻquv markazi olimpiadasida birinchi oʻrinni olganman.
OTM “Informatika” olimpiadasi
2016, Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida toʻrtinchi oʻrinni egallaganman.
Maktab “Informatika” fan olimpiadasi
2013, Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida ikkinchi oʻrinni egallaganman.